Umar Hajyom Sherlari

Автор:

Nov 24, 2018 - Umar Xayyom Ruboiylari - Ruboiy sharq she'riyatida keng tarqalgan she'r. Sherlar va ruboiylar 3547 marta o'qildi Umar Hayyom ruboiylari.

Apk Musixmatch is completely compatible with lots of music applications for Android (most of the best music streaming services are included) and offers a floating lyrics windows on top.

Mundarija • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • • •. Umar Xayyom (1048—1131) Ulugʻ faylasuf, shoir, munajjim, matematik va tabib boʻlgan Gʻiyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy Eronning Nishopur shahrida tugʻilgan. Aniq fanlar sohasida oʻz davrining yagonasi boʻlgan olim tomonidan tuzilgan taqvim, manbalarning yakdillik bilan guvohlik berishicha, amaldagi Grigorian kalendaridan ham aniqroq boʻlgan. Uning riyoziyot, ilmi nujum va falsafaga oid bir qancha asarlari bizgacha yetib kelgan. Umar Xayyom Nishopur, Balx, Buxoro shaharlarida oʻqiydi. Rivoyatlarga qaraganda Saljuqiylar vaziri Nizomulmulk unga Nishopur hokimligini taklif qiladi.

Lekin Umar Xayyom bunga rozi boʻlmaydi. U 1074 yildan boshlab Isfaxon rasadxonasi ishlariga rahbarlik qilib, matematika, astronomiya sohasida tadqiqotlar olib boradi. Uning matematika, falakiyotshunoslik, falsafaga oid bir qancha asarlari va kashfiyotlari ma’lum. Masalan, 1077 yilda u yunon olimi Evklid kitobiga sharh yozib, butun sonlarning ildizini topish yoʻllarini koʻrsatib beradi. 1079 yilda Xayyom yangi isloh qilingan kalendar ishlab chiqaradi. Bu kalendar Yevropada undan 500 yil keyin qabul qilingan va hozirgi vaqtgacha qoʻllanilayotgan Grigorian kalendaridan ham aniqroq boʻlgan.

Shuningdek uning 'Risolatul-kavn vat-taklif' ('Koinot va uning vazifalari'), 'Risola fil-vujud' ('Borliq haqida risola'), 'Risola fi kulliyati vujud' ('Borliq umumiyligi haqida risola') kabi asarlari ham mashhurdir. Umar Xayyom oʻzini sira ham shoir deb hisoblamagan. Ruboiylarini ilmiy izlanishlardan charchagan paytida turli dafgarlarning hoshiyasiga bitgan. Qismat oʻyinini qarangki, olim oʻz umrining asosiy qismini sarflagan fanning turli sohalaridagi buyuk kashfiyotlari bir chekkada qolib, u ikkinchi darajali hisoblagan ruboiylari Xayyom nomini dunyoga taratdi. Umar Xayyomni dunyoga mashhur qilgan uning ruboiylaridir. Umar Xayyom shoir boʻlmagan, lekin hayot haqida ba’zi mulohazalarini 4qatorlik she’r qilib qogʻozga tushirib qoʻyavergan. XVIII asrga qadar uning ruboiylari haqida tadqiqotlar olib borilmagan.

Adobe photoshop cs5 language pack engb google drive software. U haqda dastlab Oksford universiteti professori Tomas Gayd, undan soʻng Fon Gomer Birgestel va Meme Nikoloslar tadqiqot olib borishgan. 1859 yili ingliz shoiri va tarjimoni Edvard FitzJerald Umar Xayyomning 70 ruboiysini tarjima qilib e’lon qilgandan soʻng, bu she’rlar juda mashhur boʻlib ketgan va ingliz tilidan jahonning boshqa tillariga ham tarjima qilingan. Xayyom ruboiylarining soni turli ma’lumotlarda 11 tadan 1200 tagacha ekanligi aytiladi. Xayyomga nisbat beriladigan ruboiylarni u yozganligiga ham turli shubhalar mavjud. Ayniqsa, zamondoshlari 'katta ilm egasi, mutaffakir, taqvodor zot edi' deb ulugʻlagan shoirning mayxoʻrlik, yengil hayot, aysh-ishrat, kufr, dahriylik mavzularidagi ruboiylari ishonchsizdir.

Bunday ruboiylar Islomga qarshi ba’zi toifalar tomonidan ataylab toʻqib chiqarilgan, degan ma’lumotlar bor. Hatto Londonda saqlanayotgan Umar Xayyom ruboiyoti qoʻlyozmasi ham soxta ekanligi aniqlangan. Umar Xayyom ruboiylari kirib bormagan oʻzbek xonadoni boʻlmasa kerak. Uning falsafiy mazmuni teran va badiiy jihatdan pishiq ruboiylari atoqli mutarjim Sh. Shomuhamedov tarjimasida bir necha marta nashr etilgan. Keyinchalik J. Kamol shoir ruboiylaridan bir qanchasini oʻz aruziy vazni bilan oʻzbek tiliga oʻgirdi.

Avval tafakkurda tugʻilib, keyin qalb qoʻriga yoʻgʻrilgan Umar Xayyom ruboiylari, bir soʻz bilan aytganda, Olam va Odam haqida. Shoir dunyo evrilishlariga donishmandona bosiqlik, taassuf aralash loqaydlik bilan qaraydi: dunyoni oʻzgartirishki qoʻlingdan kelmas ekan, uni deb qaygʻurish behuda. Uning uchun tugʻilish va oʻlim, yaxshilik va yomonlik, halol va harom — bir xil: hammasi oʻz tabiiy qonuniyatiga asoslanadi. Dunyoviy falsafa vakili sifatida Xayyom dunyoni aql elagida elaydi — Olam va Odam muammosini umumfalsafa mezoni bilan oʻlchaydi. Shu ma’noda, Xayyom ijodida biz odamdan ham, olamdan ham ustun turadigan — dunyoni qamrab oladigan shafqatsiz falsafaga duch kelamiz. Lekin farang faylasufi Laroshfuko: «Falsafa oʻtmish va kelajak kulfatlari ustidan tantana qiladi, lekin bugunning qaygʻusi falsafa ustidan tantana qiladi», — degani kabi Umar Xayyom ruboiylari ham buyuk mutafakkirning falsafiy mezonlariga boʻysunmagan, ularni yorib chiqqan zalvorli fikrlar poʻrtanasi, beorom qalbiga sigʻmagan otashin tuygʻular silsilasidir. Agar shunday boʻlmaganda, Xayyomning isyonkor she’riyati ham dunyoga kelmas edi.